Og'ir atletikachimiz Sarvar Zafarjonov oltin medalni qo'lga kiritdi
Zafarjonov 169 kg og‘irlikdagi toshni muvaffaqiyatli ko‘tardi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Hindistondan quvonchli xabarlar kelishda davom etmoqda. Hozirgina erkaklar o‘rtasidagi -88 kg vazn toifasida dast ko‘tarish bahslari yakunlandi.
Tajribali hamyurtimiz Sarvar Zafarjonov 169 kg og‘irlikdagi toshni muvaffaqiyatli ko‘tarib, Osiyo chempionatining oltin medaliga sazovor bo‘ldi hamda delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi yuksak natijani taqdim etdi.
Eng quvonarlisi, Sarvar musobaqa favoriti deya baholangan Xitoy hamda Shimoliy Koreyalik kuchli raqiblarini ortda qoldirib, o‘zining katta tajribasi va chempionlik xarakterini yana bir bor namoyish etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist