locale OZ

Og‘ir atletikachilarimiz Sochida: joriy yilgi ilk xalqaro o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari boshlandi

Sochi shahrida tashkil etilgan xalqaro o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari 21-fevral sanasiga qadar davom etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og‘ir atletikachilarimiz Sochida: joriy yilgi ilk xalqaro o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari boshlandi
photo: Og'ir atletika

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi joriy yil hisobidan ilk xalqaro o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida ishtirok etish maqsadida Rossiya Federatsiyasi, Krasnodar o‘lkasi, Sochi shahriga jo‘nab ketgan edi. Terma jamoamiz a’zolari manzilga yetib borgach, belgilangan reja asosida mashg‘ulotlarni rasman boshlab yuborishdi.

Mazkur o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari og‘ir atletikachilarimizning joriy yilgi musobaqalar taqvimiga puxta tayyorgarlik ko‘rishida muhim ahamiyat kasb etadi. Yig‘in davomida sportchilarning texnik mahorati, jismoniy tayyorgarligi hamda umumiy sport formasi bosqichma-bosqich mustahkamlanishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Sochi shahrida tashkil etilgan xalqaro o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari 21-fevral sanasiga qadar davom etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting