locale OZ

Og'ir atletikachilarimiz Osiyo chempionatida yana 16 ta medallarni qo'lga kiritishdi

O'zbekiston terma jamoasi musobaqaning so'nggi bosqichlarida ham yuqori natijalar qayd etmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Qozog'istonning Ostona shahrida o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati yakuniga yetayotgan bir paytda, yurtdosh sportchilarimiz navbatdagi muvaffaqiyatlarga erishishdi.

Og'ir vazn toifasidagi bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi a'zolari jami 16 ta medal — 4 ta oltin, 2 ta kumush va 10 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.

Bu natijalar mamlakatimiz og'ir atletikasidagi barqaror o'sish va yosh avlod sportchilarining salohiyatini yana bir bor namoyon etmoqda.

Oltin medal:
+94 kg: Hasanboy Xolmuradov (dast ko'tarish, o'smirlar)
-110 kg: Qudratbek Salimjonov (dast ko'tarish, yoshlar)
-110 kg: Qudratbek Salimjonov (siltab ko'tarish, yoshlar)
-110 kg: Qudratbek Salimjonov (ikki kurash, yoshlar).
Kumush medal:
+110 kg: Omadillo Olimov (dast ko'tarish, yoshlar)
+110 kg: Omadillo Olimov (ikki kurash, yoshlar).
Bronza medal:
+77 kg: Mohinur Esonboeva (dast ko'tarish, o'smirlar)
+77 kg: Mohinur Esonboeva (siltab ko'tarish, o'smirlar)
+77 kg: Mohinur Esonboeva (ikki kurash, o'smirlar)
-86 kg: Madina Fayzullaeva (dast ko'tarish, yoshlar)
-86 kg: Madina Fayzullaeva (siltab ko'tarish, yoshlar)
-86 kg: Madina Fayzullaeva (ikki kurash, yoshlar)
+94 kg: Hasanboy Xolmuradov (ikki kurash, o'smirlar)
+94 kg: Abbosbek Axrolov (dast ko'tarish, o'smirlar)
+94 kg: Abbosbek Axrolov (siltab ko'tarish, o'smirlar)
+110 kg: Omadillo Olimov (siltab ko'tarish, yoshlar).

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting