Ogʻir atletikachilarimiz oldinda turgan xalqaro musobaqalarga puxta tayyorlanishmoqda
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom birdamlik o‘yinlari hamda kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati arafasida Oʻzbekiston delegatsiyasi jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda.
Hozirda Chirchiq shahrida mamlakatimizning kattalar, yoshlar va ayollar terma jamoasi a’zolari mashg‘ulotlarni yuqori saviyada davom ettiryapti. Sportchilarimizning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash maqsadida mashg‘ulotlar jarayoni kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.
Bosh murabbiylar boshchiligida tayyorgarlik jarayonlarida sportchilarning jismoniy holati, texnika va taktika bo‘yicha mahoratini oshirish, shuningdek, psixologik tayyorgarlikka ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Terma jamoamiz a’zolari xalqaro musobaqalarda yuksak natijalar qayd etish va O‘zbekiston bayrog‘ini balandlarda hilpiratish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etmoqda.