locale OZ

Og'ir atletika. Ziyoda Xudoyqulova jahon chempionatining bronza medalini qabul qilib oldi

Musobaqa davomida u o‘zining xalqaro musobaqalardagi shaxsiy natijasini ham yaxshilashga muvaffaq bo’ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og'ir atletika. Ziyoda Xudoyqulova jahon chempionatining bronza medalini qabul qilib oldi
photo: Og'ir atletika

Yosh va istiqbolli sportchimiz Ziyoda Xudoyqulova Yoshlar o’rtasidagi jahon chempionatida ishonchli ishtirok etib, o‘z faoliyatidagi ilk jahon medali — bronza medalini qo‘lga kiritdi. Musobaqa davomida u o‘zining xalqaro musobaqalardagi shaxsiy natijasini ham yaxshilashga muvaffaq bo’ldi.

Ushbu natija nafaqat Ziyodaning, balki O‘zbekiston sport delegatsiyasining jahon chempionatidagi ishtirokiga ham ijobiy ruh bag‘ishladi. Ayniqsa, bu yutuq musobaqa jarayonida tavallud ayyomini nishonlayotgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi murabbiyi Nurillo Togayev uchun ham o‘ziga xos va esda qolarli sovg‘a bo‘ldi.

Ziyoda Xudoyqulovani, uning ustoz-murabbiylarini hamda yaqinlarini ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaymiz.

Shuningdek, musobaqada ishtirok etayotgan boshqa sportchilarimizdan ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, yana yuksak natijalarni qo‘lga kiritishlarini kutib qolamiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting