Og'ir atletika. Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 5-kun g‘oliblari aniqlandi
Jahon chempionati o‘zining hal qiluvchi bosqichiga yaqinlashmoqda. Bugun musobaqaning 5-kun bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Dastur doirasida qizlar o‘rtasida -77 kg, o‘g‘il bolalar o‘rtasida esa -88 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlandi.
-77 kg vazn toifasi (qizlar):
1-o'rin. Amroyan Anna — 240 kg (106 + 134)
2-o'rin. Ylisoini Anna J. — 239 kg (108 + 131)
3-o'rin. Kuzminova Varvara — 237 kg (107 + 130)
-88 kg vazn toifasi (o‘g‘il bolalar):
1-o'rin. Rodriguez Meneses A. — 365 kg (168 + 197)
2-o'rin. Saulebekov Yerassyl — 356 kg (157 + 199)
3-o'rin. Askerbay Alikhan — 355 kg (161 + 194)
Eslatib o‘tamiz, ertaga, ya’ni 7-may kuni ikki nafar hamyurtimiz — Madina Fayzullayeva hamda Bekzod Gofirjanov o‘z vazn toifalarida sovrinli o‘rinlar uchun bahslarga kirishadilar.