locale OZ

Og'ir atletika. “Yilning eng yaxshi erkak sportchisi” — Akbar Jo‘rayev

O‘zbekistonning taniqli og‘ir atletikachisi joriy yil davomida yuksak sport saviyasini amalda isbotladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og'ir atletika. “Yilning eng yaxshi erkak sportchisi” — Akbar Jo‘rayev
photo: Og'ir atletika

Akbar Jo‘rayev 2025-yilda ham tengsiz sport mahoratini namoyish etib, yurtimiz sporti tarixida yana bir yorqin sahifa ochdi. O‘zbekistonning taniqli og‘ir atletikachisi joriy yil davomida yuksak sport saviyasini amalda isbotladi.

U Osiyo chempionati, Jahon chempionati hamda Islom birdamlik o‘yinlarida ishtirok etib, ushbu nufuzli musobaqalarning barchasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Jahon rekordini yangilashga muvaffaq bo’ldi.

2025-yil hisobidan Akbar Jo‘rayev qo‘lga kiritgan oltin medallar soni 9 taga yetdi. Bu natija nafaqat og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoamiz, balki butun O‘zbekiston sporti tarixida ham yuksak va e’tirofga loyiq yutuq sifatida baholanadi.

Shubhasiz, ana shunday ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak mahorat va barqaror natijalar egasi bo‘lgan Akbar Jo‘rayevga “Yilning eng yaxshi erkak sportchisi” mukofotini topshirish eng munosib va adolatli tanlovdir.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting