locale OZ

Og'ir atletika. Yevropa chempionati–2026: ilk kun g‘oliblari aniqlandi, Batumida rekord va sensatsiya!

Gruziyaning Batumi shahri mezbonlik qilayotgan kattalar o‘rtasidagi Yevropa chempionatining ilk kuni ortda qoldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og'ir atletika. Yevropa chempionati–2026: ilk kun g‘oliblari aniqlandi, Batumida rekord va sensatsiya!
photo: Og'ir atletika

Gruziyaning Batumi shahri mezbonlik qilayotgan kattalar o‘rtasidagi Yevropa chempionatining ilk kuni ortda qoldi. Dastlabki kunda ayollar o‘rtasida -48 kg hamda -53 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

-48 kg vazn toifasi natijalari:

1-o‘rin — Giulia Imperio (Italiya) — 176 kg (78 + 98)
2-o‘rin — Kateryna Malashchuk (Ukraina) — 172 kg (77 + 95)
3-o‘rin — Boyana Kostadinova (Bolgariya) — 169 kg (77 + 92)

-53 kg vazn toifasidagi bahslar chinakam sensatsiyaga aylandi. Musobaqa davomida asosiy e’tibor ruminiyalik Mixaela Kambeyga qaratildi. U dast ko‘tarish mashqida eng yaxshi natijani qayd etgan bo‘lsa-da, umumiy hisobda oltin medalni saqlab qola olmadi.

Hal qiluvchi lahzalarda belgiyalik Nina Sterks jasorat namoyish etdi: siltab ko‘tarishda dastlab 107 kgni ishonch bilan zabt etdi, 112 kgda esa muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shunga qaramay, u tavakkal qilib 116 kg buyurtma qildi va bu urinishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Aynan shu urunish unga nafaqat g‘alaba, balki siltab ko‘tarish hamda umumiy hisobda — 210 kg natija bilan ikki yo’nalishda Yevropa rekordini yangilash imkonini berdi. Shu tariqa, keskin va murosasiz kurashlar yakunida Kambey ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi.

-53 kg vazn toifasi natijalari:

1-o‘rin — Nina Sterckx (Belgiya) — 210 kg (94 + 116)
2-o‘rin — Mihaela Valentina Cambei (Ruminiya) — 209 kg (95 + 114)
3-o‘rin — Cansel Ozkan (Turkiya) — 198 kg (92 + 106)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting