Og'ir atletika. Yevropa chempionati-2026: keskin bahslar va murosasiz kurashlar
Yevropa chempionati o‘zining hal qiluvchi pallasiga yaqinlashmoqda. Ortda qolgan kunda muxlislar erkaklar o‘rtasida -94 kg, ayollar o‘rtasida esa -86 kg vazn toifasidagi bahslarga guvoh bo‘lishdi.
-94 kg vazn toifasida dast ko‘tarish bahslari ko‘plab ishtirokchilar uchun murakkab kechdi — muvaffaqiyatsiz urinishlar ko‘pligi sabab natijalar jadvali qizil rangga to‘lib ketdi. Shunga o‘xshash holat siltab ko‘tarishda ham kuzatildi. Yakunda Karlos Nasar (Bolgariya) yana o‘z ustunligini namoyish etib, ketma-ket to‘rtinchi bor Yevropa chempioniga aylandi.
-94 kg vazn toifasi natijalari (erkaklar):
1-o'rin. Karlos Nasar (Bolgariya) — 386 kg (183 + 203)
2-o'rin. Ara Aghanyan (Armaniston) — 381 kg (175 + 206)
3-o'rin. Romain Imadouchene (Fransiya) — 370 kg (163 + 207)
Ayollar o‘rtasidagi -86 kg vazn toifasidagi bahslar esa keskin va dramatik tarzda yakunlandi. Chempionlik masalasi so‘nggi urinishda hal bo‘ldi.
-86 kg vazn toifasi natijalari (ayollar):
1-o'rin. Emma Poghosyan (Armaniston) — 248 kg (107 + 141)
2-o'rin. Yana Sotieva (Rossiya) — 247 kg (112 + 135)
3-o'rin. Madias Ngake (Buyuk Britaniya) — 240 kg (111 + 129)
Qayd etish joiz, Emma Poghosyan siltab ko‘tarish va umumiy natija bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Yevropa rekordlarini ham yangiladi.