Og'ir atletika. Yevropa chempionati 2026: -63 kg va -71 kg vazn toifalarida g‘oliblar nomi ma’lum bo‘ldi
Yevropa chempionatining yana bir kuni ortda qoldi. Kun doirasida ayollar o‘rtasida -63 kg hamda erkaklar o‘rtasida -71 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
-63 kg vazn toifasi natijalari:
1 Sarah Davies (Buyuk Britaniya) — 219 kg (94+125)
2 Alina Shchapanava — 218 kg (96+122)
3 Dziana Maiseyevich — 217 kg ( 97+120)
-71 kg vazn toifasi natijalari:
1 Yusuf Fehmi Genç (Turkiya) — 332 kg (147+185)
2 Gor Sahakyan (Armaniston) — 330 kg (150+180)
3
Yahor Papou (AIN) — 328 kg (145+183)
Yusuf Genchning ushbu muvaffaqiyatidan so‘ng Turkiya medallar jamg‘arish bo‘yicha 2 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bolgariya 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Shuningdek, Ukraina 1 ta oltin va 1 ta kumush medali bilan uchinchi pog‘onadan joy olgan.