locale OZ

Og'ir atletika. Xorazm viloyatida 2025-yil yakunlari sarhisobi hamda 2026-yil uchun reja va vazifalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida kun tartibidan o‘rin olgan masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Og'ir atletika. Xorazm viloyatida 2025-yil yakunlari sarhisobi hamda 2026-yil uchun reja va vazifalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
photo: Og'ir atletika

2025-yil Xorazm viloyati og‘ir atletikachilari uchun yuqori natijalar va muhim yutuqlarga boy, sermahsul yil bo‘ldi. Viloyat sportchilari yil davomida o‘tkazilgan respublika miqyosidagi ichki chempionatlarda faol ishtirok etib, umumjamoa hisobida munosib natijalarni qayd etdilar. Shu bilan birga, viloyat vakillari O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar.

Xususan, Xorazm viloyati o‘g‘loni Diyorbek Ruzmetov Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan Islom birdamlik o‘yinlarining dast ko‘tarish bahslarida 148 kg natija qayd etib, Osiyo rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu tarixiy natija viloyat og‘ir atletika maktabining yuksak salohiyatini yana bir bor namoyon etdi.

Shuningdek, III Osiyo yoshlar o‘yinlarida ikki karra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchimiz Munisbek Davletov sharafiga Bahrayn davlatida ikki bor O‘zbekiston bayrog‘i baland ko‘tarilib, Davlat madhiyasi yangradi. Bu yutuqlar O‘zbekiston delegatsiyasi umumiy hisobiga qimmatli oltin medallarni taqdim etdi va musobaqaning yuqori saviyada yakunlanishiga munosib hissa bo‘ldi.

Qo‘lga kiritilgan ushbu yutuqlar tadbir davomida alohida e’tirof etildi. Yig‘ilishda Sport boshqarmasi oliy sport yutuqlari sho‘basi boshlig‘i M. Rahmanov, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi Xorazm viloyati bo‘limi ijrochi direktori R. Yusupov, Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi direktori A. Palvanov, Urganch OPSTTM direktori o‘rinbosari A. Artikov, Urganch davlat universiteti Jismoniy tarbiya fakulteti og‘ir atletika yo‘nalishi o‘qituvchisi, xalqaro toifadagi hakam K. Ozodov, shuningdek tajribali murabbiylar, hakamlar hamda terma jamoa a’zolari ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida kun tartibidan o‘rin olgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, 2025-yil davomida o‘tkazilgan mahalliy va xalqaro musobaqalarda sportchilar tomonidan qayd etilgan natijalar chuqur tahlil etildi, murabbiylar faoliyatiga esa alohida baho berildi.

Shuningdek, 2026-yilga mo‘ljallangan istiqbol rejalar, musobaqalar taqvimi hamda murabbiylar tomonidan ishlab chiqilgan strategik tayyorgarlik dasturlari taqdim etilib, keng muhokamadan o‘tkazildi. Kun tartibidagi eng muhim masalalardan biri sifatida 2028-yil Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga litsenziya qo‘lga kiritishi rejalashtirilayotgan sportchilarning tayyorgarlik holati yuzasidan mutaxassislar bilan aniq va puxta rejalar kelishib olindi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting