Og'ir atletika. Terma jamoamizning Sochi shahrida o‘tkazilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini muvaffaqiyatli yakunlandi
Ma’lumot uchun, mazkur yig‘in 1–10 aprel kunlari Hindistonning Ahmadobod shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati oldidan tayyorgarlikning muhim bosqichi bo‘ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Og'ir atletika
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining Sochi shahrida tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yakunlandi. 20 kun davom etgan tayyorgarlik jarayoni belgilangan reja asosida olib borildi.
Bosh murabbiy Bahrom Mendiboyev va murabbiy Jurabek Zairov boshchiligidagi sportchilarimiz kecha Sochida so’nggi mashg’ulotlarni o’tkazishdi. Yig‘in davomida sportchilarimiz jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlash va texnik-taktik harakatlarni takomillashtirish ustida ishlashdi.
Ma’lumot uchun, mazkur yig‘in 1–10 aprel kunlari Hindistonning Ahmadobod shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati oldidan tayyorgarlikning muhim bosqichi bo‘ldi.
Bugun terma jamoamiz delegatsiyasi Toshkentga qaytadi. Mashg‘ulotlar rejaga muvofiq Chirchiq shahrida davom ettiriladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor