locale OZ

Og'ir atletika. Terma jamoamiz a’zolari uchun qonunchilik va antidoping yangiliklari yuzasidan seminar o‘tkazildi

Mutaxassislar tomonidan berilgan tavsiyalar orqali ishtirokchilar o‘z faoliyatida qonuniylik va “toza sport” tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligini yana bir bor anglab yetdilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og'ir atletika. Terma jamoamiz a’zolari uchun qonunchilik va antidoping yangiliklari yuzasidan seminar o‘tkazildi
photo: Og'ir atletika

Atletlarimiz uchun muhim mavzularga bag‘ishlangan navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi. Unda milliy va xalqaro darajadagi qonunchilik, xususan sport sohasini tartibga soluvchi hujjatlar hamda antidoping tizimidagi so‘nggi yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Seminar davomida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan sportchilarga “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun talablari, shuningdek Butunjahon antidoping agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Butunjahon antidoping kodeksidagi eng so‘nggi o‘zgarishlar keng tushuntirib berildi.

Mutaxassislar tomonidan berilgan tavsiyalar orqali ishtirokchilar o‘z faoliyatida qonuniylik va “toza sport” tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligini yana bir bor anglab yetdilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting