locale OZ

Og'ir atletika. Ta’til yakunlandi — O‘zbekiston terma jamoasi “ish”ga kirishdi!

Ayni paytda Chirchiq shahrida o‘tayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini ushbu nufuzli musobaqalar oldidan tayyorgarlikning dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og'ir atletika. Ta’til yakunlandi — O‘zbekiston terma jamoasi “ish”ga kirishdi!
photo: Og'ir atletika

Bayram munosabati bilan e’lon qilingan qishki ta’til nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yangi mavsum oldidan ilk o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshlab yubordi. Oldinda sportchilarimizni mas’uliyatli va muhim musobaqalarga boy yil kutmoqda.

Xususan, mavsumni 23–31 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati boshlab beradi. Shundan so‘ng, 1–10 aprel kunlari kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati tashkil etiladi. Shuningdek, terma jamoamizning yoshlar tarkibi 2–8 may kunlari yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi.

Ayni paytda Chirchiq shahrida o‘tayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini ushbu nufuzli musobaqalar oldidan tayyorgarlikning dastlabki bosqichi hisoblanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting