Og'ir atletika. Shaxrillo Maxmudov O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi bilan uchrashdi
Jamoa oldindagi mas’uliyatli musobaqalarga puxta hozirlik ko‘rish maqsadida mashg‘ulotlarni yuqori sur’atda olib bormoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Og'ir atletika
Sochi shahrida tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini muvaffaqiyatli yakunlab qaytgan O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi hozirda tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini Chirchiq shahrida davom ettirmoqda.
Jamoa oldindagi mas’uliyatli musobaqalarga puxta hozirlik ko‘rish maqsadida mashg‘ulotlarni yuqori sur’atda olib bormoqda.
Tayyorgarlik jarayonini yaqindan kuzatish maqsadida O’zbekiston og’ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o’rinbosari Shaxrillo Maxmudov mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. Shaxrillo Sharipovich sportchilarning holati, sharoitlar va mashg‘ulotlar sifati bilan tanishib, jamoa a’zolari bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida oldindagi mas’uliyatli bahslar, maqsad va rejalar xususida fikr almashildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor