locale OZ

Og'ir atletika. Samarqandda «Ustoz va Shogird» xalqaro xotira turniri o‘tkaziladi

28–30-sentabr kunlari Samarqand shahrida “Ustoz va Shogird” xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og'ir atletika. Samarqandda «Ustoz va Shogird» xalqaro xotira turniri o‘tkaziladi
photo: Og'ir atletika

Samarqandda “Ustoz va Shogird” xalqaro xotira turniri o‘tkaziladi

28–30-sentabr kunlari Samarqand shahrida “Ustoz va Shogird” xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tadi.

An’anaviy musobaqa O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiylar hamda sport ustalari xotirasiga bag‘ishlanadi. Turnir Samarqand Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sport majmuasida tashkil etiladi.

Turnirda MDH va Osiyo davlatlari, shuningdek, yaqin va uzoq xorij mamlakatlari sport delegatsiyalari bilan bir qatorda, O‘zbekistonning turli hududlaridan tashrif buyuradigan terma jamoalar ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Turnir doirasida quyidagi vazn toifalarida bahslar o‘tkaziladi:

2009–2011-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar:
-45 kg, -50 kg, -55 kg, -60 kg, -65 kg, -70 kg, -75 kg, +75 kg.

2012–2017-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar:
-25 kg, -30 kg, -35 kg, -40 kg, -45 kg, -50 kg, -55 kg, -60 kg, -65 kg, +65 kg.

2012–2017-yillarda tug‘ilgan qizlar:
-32 kg, -36 kg, -40 kg, -45 kg, -53 kg, -57 kg, +57 kg.

Qayd etish kerak, mazkur turnir yosh sportchilar o‘rtasida og‘ir atletika sport turini ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda xalqaro sport aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting