Og'ir atletika. Rekordlar almashuvi dramasi: +77 kgda hal qiluvchi g‘alaba Munisaga nasib etdi
Hulkar Ro‘ziqulova 96 kg bilan navbatdagi rekordni qayd etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Og'ir atletika
O‘zbekiston chempionatining navbatdagi kuni ham rekordlarga boy tarzda davom etmoqda. +77 kg vazn toifasining “A” guruhi bahslari ayniqsa keskin va murosasiz ruhda kechyabdi.
Dastlab, dast ko’tarish mashqida Munisa Abdurayimova 90 kg og‘irlikni muvaffaqiyatli ko‘tarib, O‘zbekiston rekordini o‘rnatdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Hulkar Ro‘ziqulova 93 kg natija bilan ushbu rekordni yangiladi. Bahs tobora qizib borar ekan, Munisa Abdurayimova 95 kg og‘irlikni zabt etib, yana peshqadamlikni qaytarib oldi.
Shundan so‘ng Hulkar Ro‘ziqulova 96 kg bilan navbatdagi rekordni qayd etdi. Biroq hal qiluvchi nuqtani aynan Munisa Abdurayimova qo‘ydi — u 97 kg og‘irlikni muvaffaqiyatli ko‘tarib, musobaqaning so‘nggi va eng yuqori O‘zbekiston rekordini o‘rnatdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor