Og'ir atletika. O’zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatini 51 ta medal bilan yakunladi!
“Olimpiya shaharchasi”da sakkiz kun davomida murosasiz bahslar va rekordlarga boy tarzda kechgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Ilk bor yangi Olimpiya vazn toifalarida o‘tkazilgan qit’a chempionatida 29 mamlakatdan 300 nafardan ortiq sportchi g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Musobaqa davomida sportchilar tomonidan 42 ta Osiyo va jahon rekordi yangilandi.
Sakkiz kun davomida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham barcha vazn toifalarida munosib ishtirok etib, o‘z hisoblariga 51 ta medalni yozdirishdi.
Yoshlar toifasida:
7 ta oltin
10 ta kumush
6 ta bronza
Jami — 23 ta medal
O‘smirlar toifasida:
6 ta oltin
8 ta kumush
14 ta bronza
Jami — 28 ta medal
Shunday qilib, O‘zbekiston terma jamoasi chempionatni 13 ta oltin, 18 ta kumush va 20 ta bronza — jami 51 ta medal bilan yakunladi!
Qayd etish joizki, yoshlar o‘rtasidagi ushbu qit’a chempionati sportchilarimiz uchun xalqaro maydondagi muhim tajriba maktabi bo‘lish bilan birga, kelgusidagi yirik musobaqalar — jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va Olimpiya o‘yinlari sari tayyorgarlikning muhim bosqichi bo‘ldi.