locale OZ

Og'ir atletika. O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston yosh og‘ir atletlari natijalari qiyosiy tahlil qilindi

Ushbu tahlil, ayniqsa, yaqinlashib kelayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati arafasida atletlarning hozirgi sport formasi va salohiyatini baholash nuqtai nazaridan katta qiziqish uyg‘otadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og'ir atletika. O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston yosh og‘ir atletlari natijalari qiyosiy tahlil qilindi
photo: Og'ir atletika

O‘zbekiston, Rossiya hamda Qozog‘iston chempionatlarida milliy birinchiliklar yakuniga yetdi. Mazkur musobaqalardan so‘ng Weightlifting News tomonidan uchala mamlakatning 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilari natijalari qiyosiy tahlil qilindi.

Ushbu tahlil, ayniqsa, yaqinlashib kelayotgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati arafasida atletlarning hozirgi sport formasi va salohiyatini baholash nuqtai nazaridan katta qiziqish uyg‘otadi.

Manbada qayd etilishicha, vazn toifalari to‘liq mos emas — bunga Rossiyada yangi vazn kategoriyalari hali rasman tasdiqlanmagani sabab. Shunga qaramay, bu omil umumiy natijalarga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Aksincha, ayrim vazn toifalarida e’tiborga molik jihat shundaki, tana vazni nisbatan yengil bo‘lgan O‘zbekiston va Qozog‘iston sportchilari rossiyalik tengqurlaridan ustun natijalarni qayd etmoqda.

Xususan, O‘zbekiston vakillari quyidagi vazn toifalarida yuqori natijalarni namoyish etdi:
-75 kg vaznda Nurillo Davlatboyev — 136 + 166 = 302 kg
-85 kg vaznda Boburmirzo Yoqubov — 153 (154) + 182 = 335 kg
-95 kg vaznda Bekzod G‘ofirjonov — 160 + 200 = 360 kg
+110 kg vaznda Omadillo Olimov — 157 + 210 = 367 kg

Qizlar o‘rtasida ham ijobiy natijalar qayd etildi:
-49 kg vaznda Munisa Odilova — 73 + 90 = 163 kg
-57 kg vaznda Charos Uralova — 77 + 96 = 173 kg
-61 kg vaznda Ziyoda Xudoyqulova — 95 + 99 (100) = 194 kg

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting