locale OZ

Og'ir atletika. O‘zbekiston chempionati yuksak saviyada, boy natijalar va tarixiy yangiliklar bilan yakunlandi

24–30-mart kunlari Chirchiq shahrida yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati mamlakat sporti hayotida muhim voqea bo‘ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og'ir atletika. O‘zbekiston chempionati yuksak saviyada, boy natijalar va tarixiy yangiliklar bilan yakunlandi
photo: Og'ir atletika

24–30-mart kunlari Chirchiq shahrida yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati mamlakat sporti hayotida muhim voqea bo‘ldi. Joriy yilgi musobaqa ilk bor Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi tomonidan joriy etilgan yangi 8+8 vazn toifasi tizimi asosida tashkil etilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, milliy chempionatlar tarixida birinchi marta sportchilar dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish mashqlari bo‘yicha alohida medallar bilan taqdirlandi.

Musobaqada respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan qariyb 300 nafar sportchi ishtirok etdi. E’tiborlisi, bu yil jamoalar soni sezilarli darajada ortib, 32 taga yetdi. Bu esa chempionat ko‘lami kengayib, raqobat darajasi tobora oshib borayotganidan dalolat beradi. Bundan tashqari, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi hamda Turkiyadan kelgan sportchilar “Uzbekistan Open” ochiq chempionati doirasida bahslarda ishtirok etib, musobaqaga xalqaro ruh bag‘ishladi.

Chempionat davomida bir qator yangi rekordlar qayd etildi. Jumladan, ayollar o‘rtasida 49 kg vazn toifasida Kamzina Rushaniya umumiy hisobda 170 kg natija bilan yangi rekord o‘rnatdi. Yoshlar toifasida esa shu vaznda Odilova Munisa 163 kg natija bilan rekordni yangiladi. Shuningdek, 61 kg vazn toifasida Xudoyqulova Ziyoda dast ko‘tarishda 95 kg natija bilan mamlakat rekordini yangiladi.

Erkaklar o‘rtasida 85 kg vazn toifasida yoshlar o’rtasida Yoqubov Boburmirzo 153 kg, Xaydarov Xikmatillo esa 154 kg natija bilan dast ko‘tarish bo‘yicha yangi rekordlarni qayd etishdi.

Shuningdek, chempionat doirasida O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi Toshkent viloyati bo‘limi hamda Qozog‘istonning Olma-ota hududiy bo‘limi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Musobaqaning shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida doping nazorati ham yo‘lga qo‘yildi.

Umuman olganda, 2026-yilgi O‘zbekiston chempionati og‘ir atletika sportining yurtimizda izchil rivojlanib borayotganini, jamoalar soni ortib, raqobat tobora kuchayayotganini hamda yangi iste’dodlar yetishib chiqayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting