locale OZ

Og'ir atletika. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tog‘ bag‘rida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda

Yuqori tog‘ sharoitida tashkil etilgan yig‘in sportchilarning chidamliligi va musobaqalarga tayyorgarlik darajasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og'ir atletika. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tog‘ bag‘rida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda
photo: Og'ir atletika

Qozog‘iston ayollar terma jamoasi bilan qo‘shma o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli yakunlagan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bo‘lajak nufuzli musobaqalarga tayyorgarlikni izchil davom ettirmoqda.

Ayni kunlarda jamoa Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida, tog‘ bag‘rida joylashgan Akbar Jo‘rayev nomidagi sport mahorati maktabida navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Bosh murabbiy Mahmud Tog‘oyev hamda yordamchi murabbiy Kamila Abdullayeva rahbarligida o‘tayotgan mashg‘ulotlarda sportchilarning jismoniy va funksional tayyorgarligini yanada oshirish, texnik-taktik mahoratini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yuqori tog‘ sharoitida tashkil etilgan yig‘in sportchilarning chidamliligi va musobaqalarga tayyorgarlik darajasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. O‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari 16-iyun sanasiga qadar davom etadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting