Og'ir atletika. O‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati startiga sanoqli kunlar qoldi
Yana 5 kundan so‘ng o‘smirlar (U-17) va kichik o‘smirlar (U-15) o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati start oladi. Bu yilgi bahslarga Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahri mezbonlik qiladi.
Musobaqada jami 29 ta jamoa ishtirok etadi. Qatnashchilar soni 410 nafarni tashkil etadi. Shundan 278 nafari o‘g‘il bolalar, 132 nafari esa qizlardir. O‘tgan yilga nisbatan qizlar sonining oshgani alohida e’tiborga loyiq.
Mazkur chempionatda ham dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish yo‘nalishlarida alohida medallar uchun bahslar olib boriladi. Demak, oldinda bizni qiziqarli va keskin bellashuvlar kutmoqda.
Bahslar Qarshi shahridagi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o‘tkaziladi.
Quyida musobaqaning start booki bilan tanishishingiz mumkin.