locale OZ

Og'ir atletika. Navbatdagi manzil — Chirchiq! Prezident Olimpiadasi sport musobaqasi start olmoqda!

17-may sanasidan e’tiboran ilk marotaba "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalari o‘tkazila boshlagan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og'ir atletika.  Navbatdagi manzil — Chirchiq! Prezident Olimpiadasi sport musobaqasi  start olmoqda!
photo: Og'ir atletika

Shu yil 17-may sanasidan e’tiboran og'ir atletika bo'yicha ilk marotaba "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" sport musobaqalari o‘tkazila boshlagan edi.

Uch bosqich (mintaqaviy (tuman-shahar), viloyat va Respublika) bosqichlaridan iborat kompleks musobaqaning barcha saralash bahslari yakuniga yetkazilib, Respublika final bosqich ishtirokchilari aniqlandi.

23-29-noyabr kunlari Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 3-bosqich sifatida o‘tkaziladigan "Prezident olimpiadasi" sport musobaqalarining og’ir atletika bahslari bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan kelgan 300 dan ortiq o‘smir (U-17) yosh toifasidagi yigit-qizlar g‘oliblik uchun kuch sinashadi.

Ma’lumot o’rnida aytib o’tamiz, "Prezident olimpiadasi"da birinchi va ikkinchi o‘rinni qo’lga kiritgan sportchilar Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga qabul qilinadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting