locale OZ

Og'ir atletika. Murosasiz bahslar, yangi rekordlar — O‘zbekiston chempionatiga oz fursat qoldi

Joriy yilgi mamlakat birinchiligi yangilangan nizom va mutlaqo yangi tashkiliy format asosida o‘tkaziladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og'ir atletika. Murosasiz bahslar, yangi rekordlar — O‘zbekiston chempionatiga oz fursat qoldi
photo: Og'ir atletika

Yoshlar va kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati startiga sanoqli kunlar qolmoqda. Joriy yilgi mamlakat birinchiligi yangilangan nizom va mutlaqo yangi tashkiliy format asosida o‘tkaziladi.

Avvalo, vazn toifalarida muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi. Endilikda musobaqalar ayollar va erkaklar o‘rtasida 8 tadan vazn toifasida tashkil etiladi. Mazkur yangilik xalqaro talablarga mos ravishda raqobat muhitini yanada kuchaytirish va sportchilar uchun teng sharoit yaratishga qaratilgan.

Shuningdek, dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish yo‘nalishlarida alohida medallar topshiriladi. Jamoaviy hisob qo‘lga kiritilgan medallar umumiy yig‘indisi asosida aniqlanadi. Ushbu tizim har bir yo‘nalishdagi natijaning ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Joriy yilda mahalliy musobaqalarda ishtirok etuvchi jamoalar soni ham ortdi. Musobaqalarda jami 32 ta jamoa qatnashadi. Ular safida ilk bor Og‘ir atletika markazi jamoasi ham ishtirok etmoqda. Bu esa mamlakat birinchiligining ko‘lami va nufuzining yildan-yilga ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Bellashuvlar Chirchiq Olimpiya markazining Og‘ir atletika zalida o‘tkaziladi. Yangilangan format, kengaygan jamoalar tarkibi va yuqori saviyadagi raqobat mamlakatimiz og‘ir atletikasi rivojida navbatdagi muhim bosqichni boshlab beradi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting