locale OZ

Og‘ir atletika markazida birinchi marotaba qishki attestatsiya jarayonlari bo‘lib o‘tdi

Shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab sport sohasidagi maktab-internatlar hamda ixtisoslashtirilgan markazlarda qishki attestatsiya jarayonlari o‘tkazilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og‘ir atletika markazida birinchi marotaba qishki attestatsiya jarayonlari bo‘lib o‘tdi
photo: Og'ir atletika

Shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab sport sohasidagi maktab-internatlar hamda ixtisoslashtirilgan markazlarda qishki attestatsiya jarayonlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday muhim jarayonlar doirasida Og‘ir atletika markazida ham ilk bor qishki attestatsiya sinovlari tashkil etildi.

Mazkur baholash jarayoni davomida markazda tahsil olayotgan o‘quvchi-sportchilarning sport tayyorgarligi darajasi, yil davomida erishgan natijalari hamda rivojlanish dinamikasi atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, attestatsiya jarayonida o‘quv rejasida belgilangan fanlarni o‘zlashtirish holati, sportchilarning yashash joylarida belgilangan tartib-intizom qoidalariga rioya etishi, jamoatchilik ishlaridagi faolligi muhim mezonlar sifatida inobatga olindi.

Baholash jarayonida 2025–2026-o‘quv yilida sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga muvofiq o‘tkazilgan respublika hamda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda erishilgan natijalar chuqur va tizimli tarzda ko‘rib chiqildi.

Qishki attestatsiya jarayonlari hamkor tashkilotlar ishtirokida, ochiqlik va xolislik tamoyillariga amal qilgan holda tashkil etilib, sportchilarning har tomonlama rivojlanishi va kelgusidagi faoliyatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting