locale OZ

Og'ir atletika. Jahon chempionati–2026: to‘rtinchi kun yakunlari

Yoshlar o’rtasidagi Jahon chempionatining navbatdagi kuni ham ortda qoldi. Kutilganidek, -79 kg vazn toifasidagi bahslar keskin va murosasiz ruhda kechdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og'ir atletika. Jahon chempionati–2026: to‘rtinchi kun yakunlari
photo: Og'ir atletika

Yoshlar o’rtasidagi Jahon chempionatining navbatdagi kuni ham ortda qoldi. Kutilganidek, -79 kg vazn toifasidagi bahslar keskin va murosasiz ruhda kechdi.

Mazkur vazn toifasida hamyurtimiz Boburmirzo Yoqubov muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘z faoliyatidagi navbatdagi muhim natijani qayd etdi. U jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritib, yutuqlari qatorini yana bir nufuzli sovrindorlik bilan boyitdi.

Yana bir vakilimiz Xikmatillo Xaydarovga esa musobaqada biroz omad yetishmadi. Sportchimiz siltab ko‘tarish bahslarida 179 kg va 184 kg natijalarni qayd etdi. Ikki kurash yakunlariga ko‘ra esa 334 kg natija bilan umumiy hisobda 4-o‘rinni egalladi. Ta’kidlash joiz, Xaydarov bronza medal sohibi — turkmanistonlik Didarbek Jumabayevdan atigi 1 kilogramm ortda qoldi.

Sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda ham omad va zafarlar tilaymiz.

Ma’lumot uchun, 6-may kuni musobaqaning beshinchi kun bellashuvlari o‘tkaziladi. Unda yigitlar o‘rtasida -88 kg, qizlar o‘rtasida esa -77 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Ushbu kunda O‘zbekiston vakillari ishtirok etmaydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting