Og'ir atletika. Ikki nafar sportchimiz shohsupadan joy oldi!
Jiangshandan xushxabar! Hozirgina kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ayollar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida "A" guruh bahslari yakunlandi.
Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu vazn toifasida ishtirok etgan 2 nafar vakilimiz - Rigina Adashbayeva hamda Madina Fayzullayeva shohsupadan o'rin oldi.
Jumladan, Rigina Adashbayeva dast ko'tarishda 104 kg natija bilan bronza, hamda ikkikurashda 224 kg jamg'argan holda yana bir bronza medalga sazovor bo'ldi.
Xuddi shu vaznda supachaga ko'tarilgan boshqa bir hamyurtimiz Madina Fayzullayeva siltab ko'tarishda 121 kg toshni bo'ysundirgan holda kuchli uchlikdan joy oldi va delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi medalni qo'shib qo'ydi.
Ushbu muvaffaqiyat bilan sportchilarimizni samimiy muborakbod etamiz va kelajakdagi faoliyatlarida ulkan zafarlar yor bo'lishini tilaymiz!