locale OZ

Og'ir atletika. Gandinagarda qit’a bahslari boshlandi: O’zbekiston delegatsiyasi musobaqaga tayyor

O’zbekiston milliy terma jamoasi Hindistonda bo‘lib o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Gandinagar shahriga yetib bordi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og'ir atletika. Gandinagarda qit’a bahslari boshlandi: O’zbekiston delegatsiyasi musobaqaga tayyor
photo: og'ir atletika

Og'ir atletika bo'yicha Gandinagarda qit’a bahslari boshlandi: O’zbekiston delegatsiyasi musobaqaga tayyor.

O’zbekiston milliy terma jamoasi Hindistonda bo‘lib o‘tadigan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Gandinagar shahriga yetib bordi. Bugundan start olgan qit’aning eng nufuzli musobaqalaridan biri Osiyoning eng kuchli atletlarini bir maydonga jamladi.

Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar orasida tajribali atletimiz Adhamjon Ergashev ham bor. Delegatsiyamizning dastlabki chiqishlarini aynan Ergashev boshlab beradi. Hamyurtimiz 13-may kuni platformaga ko‘tariladi.

Osiyo chempionati har yili yuqori raqobat va murosasiz bahslari bilan ajralib turadi. Ushbu nufuzli musobaqada qit’aning eng kuchli atletlari medallar hamda yuqori natijalar uchun kurash olib boradi.

Ishonamizki, O’zbekiston terma jamoasi bu galgi Osiyo chempionatida ham o‘z mahorati va salohiyatini namoyish etib, muxlislarimizni munosib natijalar bilan quvontiradi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting