locale OZ

Og'ir atletika. Chirchiqda O‘zbekiston va Hindiston og‘ir atletikachilarining qo‘shma yig‘ini boshlandi

Mazkur qo‘shma yig‘in ikki mamlakat sportchilari uchun tajriba almashish, mahoratni oshirish hamda kelgusi nufuzli musobaqalar oldidan tayyorgarlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Chirchiqda O‘zbekiston va Hindiston og‘ir atletikachilarining qo‘shma yig‘ini boshlandi
photo: Og'ir atletika

Chirchiq shahrida xalqaro o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga start berildi. 9-mart sanasidan e’tiboran Hindiston o‘smirlar va yoshlar terma jamoasi a’zolari O’zbekiston ayollar terma jamoasi bilan birgalikda tayyorgarlik jarayonlarini olib bormoqda.

Mazkur qo‘shma yig‘in ikki mamlakat sportchilari uchun tajriba almashish, mahoratni oshirish hamda kelgusi nufuzli musobaqalar oldidan tayyorgarlikni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Bugun mashg‘ulot jarayonlarida O’zbekiston og’ir atletika fedrratsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov ham ishtirok etdi. Shaxrillo Sharipovich terma jamoa murabbiylari bilan suhbatlashib, sportchilarning tayyorgarlik jarayonlari, mashg‘ulotlar sifati hamda kelgusi rejalar yuzasidan fikr almashdi.

Ta’kidlash joizki, bunday xalqaro o‘quv-yig‘inlar sportchilar o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish hamda og‘ir atletika sport turining rivojiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Chirchiqda tashkil etilgan ushbu mashg‘ulotlar ham ikki mamlakat yosh atletlari uchun muhim tajriba maktabiga aylanishi shubhasiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting