Og'ir atletika. Chempionat yakuni: g‘olib jamoalar va eng yaxshi sportchilar ma’lum
Og'ir atletika bo'yicha chempionat yakuni: g‘olib jamoalar va eng yaxshi sportchilar ma’lum.
Musobaqa yakunida bir qator nominatsiyalar bo‘yicha eng munosib sportchi va jamoalar tantanali ravishda taqdirlandi. Xususan, kichik o‘smirlar o‘rtasida jamoaviy hisobda Og‘ir atletika markazi yetakchilikni qo‘lga kiritib, birinchi o‘rinni egalladi. Samarqand OPSTTM ikkinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, Termiz OPSTTM kuchli uchlikni yakunladi.
O‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda esa Qarshi OPSTTM jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Og‘ir atletika markazi bu safar ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi, Termiz OPSTTM esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Musobaqaning eng yaxshi sportchisi nominatsiyasi qizlar o’rtasida Xorazm viloyati vakilasi Munisa Boltayevaga nasib etdi. Uning yorqin va ishonchli chiqishlari chempionatga alohida ruh va joziba bag‘ishladi.
Yigitlar o‘rtasida esa Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchisi Otabek Karimov musobaqaning eng yaxshi sportchisi deb e’tirof etildi.