Og'ir atletika bo'yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o'tkazish uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston terma jamoasini qit’a va jahon miqyosidagi nufuzli musobaqalar kutib turibdi. Ushbu musobaqalarga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish hamda sportchilarning musobaqaoldi tayyorgarligini takomillashtirish maqsadida terma jamoamiz navbatdagi xalqaro o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib boradi.
Shu maqsadda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi XXIII Osiyo o‘yinlari hamda kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun Turkiyaning Istanbul shahriga jo‘nab ketdi.
Mazkur o‘quv-yig‘in davomida sportchilar musobaqalar oldidan tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini o‘tab, jismoniy, texnik va taktik mahoratini yanada takomillashtirish ustida ish olib boradilar. Rejaga muvofiq, terma jamoa a’zolari 13-avgust sanasiga qadar Istanbul shahrida mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Turkiya yig‘iniga jalb etilgan terma jamoa tarkibi:
Adhamjon Ergashev
Diyorbek Ruzmetov
Husinboy Matrasulov
Hayitboy Abdushukurov
Xasanboy Bardiyev
Sarvar Zafarjonov
Muhammadqodir Toshtemirov
Ruslan Nurudinov
Akbar Jo‘rayev
Sharofiddin Amriddinov
Omadbek Olimov
Amir Abdullayev
Murabbiylar: Bahrom Mendiboyev, Jurabek Zairov
Shifokorlar: Obiddin Muslimov, Dovlet Glijev