locale OZ

Og‘ir atletika bo‘yicha “Hokim olimpiadasi” bahslari yakunlandi: navbatdagi manzil — Respublika bosqichi!

Prezident olimpiadasi sport musobaqalarining ikkinchi bosqichi hisoblangan “Hokim olimpiadasi” doirasida og‘ir atletika bo‘yicha o‘tkazilgan bahslar o‘z nihoyasiga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og‘ir atletika bo‘yicha “Hokim olimpiadasi” bahslari yakunlandi: navbatdagi manzil — Respublika bosqichi!
photo: Og'ir atletika

Prezident olimpiadasi sport musobaqalarining ikkinchi bosqichi hisoblangan “Hokim olimpiadasi” doirasida og‘ir atletika bo‘yicha o‘tkazilgan bahslar o‘z nihoyasiga yetdi. Respublikamizning barcha hududlaridan yosh sportchilar ishtirok etgan musobaqalar kuchli raqobat va yorqin natijalarga boy bo‘ldi.

Mazkur bosqichda jami 993 nafar istiqbolli sportchi g‘oliblik hamda Respublika bosqichiga yo‘llanma olish uchun kurash olib bordi. Har bir vazn toifasida sportchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, texnik mahorati va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyish etishdi.

Hududlar kesimida ishtirokchilar soni bo‘yicha Toshkent viloyati yetakchilik qildi. Viloyatdan jami 142 nafar sportchi musobaqalarda qatnashib, eng faol hudud sifatida qayd etildi. Ularning 76 foizini erkaklar, 24 foizini esa xotin-qizlar tashkil etdi.

Faollik ko‘rsatkichi bo‘yicha keyingi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi egalladi. Ushbu hududdan 121 nafar sportchi bahslarda qatnashib, umumiy ishtirokchilarning salmoqli qismini tashkil etdi. Ularning 70 foizi erkaklar, 30 foizi esa ayollar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Kuchli uchlikni esa Namangan viloyati yakunladi. Vodiy vakillaridan 118 nafar sportchi musobaqalarda ishtirok etib, yuqori natijalar uchun keskin kurash olib bordi. Ishtirokchilarning 68 foizini erkaklar, 32 foizini esa ayollar tashkil etdi.

Oldinda esa yanada mas’uliyatli va shiddatli bahslar kutmoqda. Barcha g‘olib va sovrindorlarni erishgan natijalari bilan tabriklaymiz hamda Respublika bosqichida ularga ulkan muvaffaqiyatlar, yorqin g‘alabalar va yuksak natijalar tilaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting