locale OZ

Og‘ir atletika bo‘yicha “Direktor ochiq kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

Musobaqa yakunida o‘z vazn toifalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og‘ir atletika bo‘yicha “Direktor ochiq kubogi” musobaqasi o‘tkazildi
photo: Og'ir atletika

Samarqand Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida 2015–2016-yillarda tug‘ilgan kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha “Markaz direktori ochiq kubogi” musobaqasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqadan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh sportchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning jismoniy tayyorgarligi va sport mahoratini oshirish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda ularni kelgusida markazga qabul qilish, shuningdek, nufuzli respublika va xalqaro musobaqalarga tayyorlashdan iborat bo‘ldi. Shu bilan birga, mazkur musobaqa 2026–2027-o‘quv yili uchun Samarqand Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining 5-sinfiga qabul qilinadigan sportchilarni saralash bosqichi vazifasini ham o‘tadi.

Musobaqada jami 6 ta jamoa ishtirok etib, bahslar murosasiz va qizg‘in kurashlar ostida kechdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Qamashi tuman sport maktabi jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi. Samarqand tuman 2-son sport maktabi 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Ishtixon tuman sport maktabi jamoasi kuchli uchlikdan joy olib, 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Musobaqa yakunida o‘z vazn toifalarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting