Og'ir atletika bo'yicha 2026 yilgi o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati O‘zbekistonda bo'lib o'tadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Telegram
Xitoyning Jiangshan shahrida Osiyo Og‘ir atletika federatsiyasining (AWF) kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi vise-prezidenti Shaxrillo Maxmudov ham qatnashdi.

Kongressda bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, Xalqaro Og‘ir atletika federatsiyasi tomonidan joriy etilgan yangi vazn toifalari ilk bor Qozog‘istonda o‘tadigan navbatdagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik masalalari yana bir bor muhokama qilindi.

Shuningdek, qit’a miqyosidagi qator musobaqalar mezbonlari ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 2027 yilgi kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati Janubiy Koreyada, 2026 yilgi o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati esa O‘zbekistonda o'tkazish bo'yicha qaror qabul qilindi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor