Og'ir atletika. Bekzod G‘ofirjonov jahon chempionatida munosib ishtirok etdi
Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining -94 kg vazn toifasidagi bahslari yakunlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Google
Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining -94 kg vazn toifasidagi bahslari yakunlandi. Ushbu vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bekzod G‘ofirjonov musobaqada munosib ishtirok etdi.
Sportchimiz dast ko‘tarish mashqida 154 kg, 158 kg va 161 kg og‘irlikdagi toshlarni muvaffaqiyatli ko‘tardi. Siltab ko‘tarish bahsida esa 197 kg natija qayd etdi.
Ikki kurash yakuniga ko‘ra, G‘ofirjonov 358 kg umumiy natija bilan musobaqani to‘rtinchi o‘rinda yakunladi. Musobaqa sportchimiz uchun muhim xalqaro tajriba vazifasini o‘tadi.
Mazkur vazn toifasida yakuniy natijalar quyidagicha bo‘ldi:
1-o'rin. Loaiza Medina — 373 kg (166 + 207)
2-o'rin. Goga Jajvani — 367 kg (167 + 200)
3-o'rin. Hamidreza Zarei — 366 kg (162 + 204)
Ibrohim Jalolov
Redaktor