locale OZ

Og'ir atletika. Batumi shahrida kattalar o‘rtasidagi Yevropa chempionatiga start berildi

Gruziyaning Batumi shahrida kattalar o‘rtasidagi Yevropa chempionati start oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og'ir atletika. Batumi shahrida kattalar o‘rtasidagi Yevropa chempionatiga start berildi
photo: Og'ir atletika

Batumi shahrida kattalar o‘rtasidagi Yevropa chempionatiga start berildi

Bugundan Gruziyaning Batumi shahrida kattalar o‘rtasidagi Yevropa chempionati start oldi. Mazkur nufuzli musobaqada 51 mamlakatdan jami 368 nafar sportchi g‘oliblik uchun bahslarda ishtirok etmoqda. Shundan 193 nafari ayollar, 175 nafari esa erkaklar hisoblanadi.

Dastlabki kun dasturiga ko‘ra, ayollar o’rtasida -48 kg, -53 kg hamda 58 kg vazn toifalarida B guruh bahslari, shuningdek -53 kg vazn toifasi C guruh ishtirokchilari ham o’z omadlarini sinovdan o‘tkaziladi. Kun yakunida esa -48 kg va -53 kg vazn toifalarida A guruh doirasida medallar uchun kurashlar tashkil etiladi.

Ma’lumot o‘rnida, chempionat 26-aprelga qadar davom etadi va ushbu musobaqa joriy yilda Shotlandiyaning Glazgo shahrida bo‘lib o‘tadigan Hamdo‘stlik o‘yinlari uchun rasmiy saralash bosqichi hisoblanadi. Shu bois turnirda nafaqat Yevropa davlatlari, balki Hamdo‘stlik mamlakatlaridan sportchilar ham “mehmon” maqomida ishtirok etishmoqda. Ularning natijalari Yevropa chempionati umumiy hisobiga kiritilmaydi, biroq Glazgo-2026 reytingi uchun inobatga olinadi.

Musobaqa tafsilotlari bilan sizni muntazam ravishda tanishtirib boramiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting