Og'ir atletika. 15 yoshli atletdan katta sport sari dadil qadam
15 yoshli atletdan katta sport sari dadil qadam.
O‘zbekiston kubogi bahslari yuqori natijalar va yangi rekordlar bilan bir qatorda, yangi iste’dodlarni kashf etish borasida ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Jumladan, +110 kg vazn toifasida bellashuvlarda ishtirok etgan 15 yoshli Xumoyunmirzo Abdusamatovning chiqishi muxlislar va mutaxassislar e’tiborini tortdi.
Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan yosh atlet dast ko‘tarishda 137 kg, siltab ko‘tarishda 176 kg natija qayd etib, ikki kurash yakuniga ko‘ra 313 kg natija bilan musobaqani oltin medal bilan yakunladi.
Endigina 15 yoshni qarshi olgan Xumoyunmirzoning ushbu ko‘rsatkichi uning katta sportdagi istiqboli va kelajakdagi yirik natijalarga bo‘lgan salohiyatini namoyon etdi.