locale OZ

Og'ir atletika. 12 yoshli og‘ir atletikachi qiz ijtimoiy tarmoqlarni larzaga soldi

Uning atigi 12 yoshdaligi esa ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahslarga sabab bo‘lmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Og'ir atletika. 12 yoshli og‘ir atletikachi qiz ijtimoiy tarmoqlarni larzaga soldi
photo: Og'ir atletika

Rossiyada yoshlar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligi yakunlandi. E’tiborlisi, musobaqa davomida 12 ta Rossiya rekordi o‘rnatildi, shulardan 8 tasi bitta sportchiga — 12 yoshli Alena Kozlovaga tegishli!

Alena o‘zining g‘alabali urinishlari bilan sport jamoatchiligini larzaga soldi. Uning atigi 12 yoshdaligi esa ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahslarga sabab bo‘lmoqda.

Alena Kozlovaning 8 ta Rossiya rekordi:
Dast ko‘tarish: 91, 94 kg
Siltab ko‘tarish: 100, 106, 110 kg
Ikki kurash yig‘indisi: 194, 200, 204 kg
(vazn toifasi +81 kg, 15 yoshgacha)

Aytish joizki, Alena ko‘rsatgan natija so‘nggi 6 yil ichida 15 yoshgacha bo‘lgan qizlar orasida eng yuqori hisoblanadi. Shu vazn toifasida, 17 yoshgacha bo‘lganlar orasida undan yuqori natija faqat Sofya Vragova tomonidan ko‘tarilgan.

Shuningdek, Eleonora Gasiyeva 55 kg vazn toifasida (17 yoshgacha) siltab ko‘tarishda 78 kg natija bilan Rossiya rekordini o‘rnatdi.

O‘g‘il bolalar orasida esa Beybulat Nazirov 73 kg vazn toifasida (15 yoshgacha) dast ko‘tarishda 134 kg natija bilan yangi rekord o‘rnatdi.

Sergey Plotnikov esa 67 kg vazn toifasida (17 yoshgacha) siltab ko‘tarishda 122 kg va ikki kurash yig‘indisida 272 kg natija bilan Rossiya rekordlarini yangiladi.

Musobaqa yakunlandi va ma’lumot berilishicha bosh murabbiylar allaqachon iyul oyida Kolumbiyada bo‘lib o‘tadigan yoshlar o’rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘radigan kengaytirilgan tarkibni aniqlab bo‘lishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting