locale OZ

OFK Elit hakamlari seminarining amaliy mashg‘ulotlari davom etmoqda

Kunning ikkinchi qismida ishtirokchilar ikki guruhga bo‘lingan holda mashg‘ulotlarda qatnashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 OFK Elit hakamlari seminarining amaliy mashg‘ulotlari davom etmoqda
photo: UzFHM

OFK Elit hakamlari seminarining amaliy mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Kunning ikkinchi qismida ishtirokchilar ikki guruhga bo‘lingan holda mashg‘ulotlarda qatnashdi. Dastlab hakamlar jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha normativ sinovlarini topshirib, maydondagi harakatlanish va funksional tayyorgarlik darajalarini namoyish etdi.

Shundan so‘ng futbol maydonida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, o‘yin davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlar modellashtirildi.

Mashg‘ulotlar jarayonida VAR bilan bog‘liq holatlar, o‘yin epizodlarini to‘g‘ri baholash, hakamlar o‘rtasidagi hamkorlik hamda yakuniy qarorlarni qabul qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar yanada takomillashtirildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting