locale OZ

O‘FF Prezidenti kubogi. Nizom bo‘yicha jamoalar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan eng asosiy talablar bor

Jamoa tarkibiga 3 nafar 2009-yil va undan keyin tug‘ilgan o‘yinchilarni kiritishi majburiy hisoblanadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘FF Prezidenti kubogi. Nizom bo‘yicha jamoalar tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan eng asosiy talablar bor
photo: UFF

Turnirda futbol bo‘yicha Superliga, Proliga va Birinchi ligalarda 2025-yilda, shuningdek, futzal bo‘yicha Oliy va birinchi liga jamoalarida 2024-2025-yilgi mavsumda ro‘yxatdan o‘tkazilgan futbolchi va futzalchilarning ishtirok etishi taqiqlanadi (2009 va undan keyingi yillarda tug‘ilgan o‘yinchilar bundan mustasno) ;

O‘FF ro‘yxatidan o‘tgan futzalchining boshqa jamoa safida maydonga tushishi taqiqlanadi;
Jamoalar 14 nafardan kam bo‘lmagan, 20 nafargacha futzalchini va 3 nafar rasmiyni ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Jamoa tarkibiga 3 nafar 2009-yil va undan keyin tug‘ilgan o‘yinchilarni kiritishi majburiy hisoblanadi;

Turnir ishtirokchilari uchrashuv qaydnomasiga 5 nafar (shulardan biri 2009-yil va undan keyin tug‘ilgan yosh futzalchi maydonda harakatlanishi, uning qo‘lida maxsus bog‘ichi bo‘lishi shart) asosiy va 10 nafar (shulardan biri 2009-yil va undan keyin tug‘ilgan yosh futzalchi) zaxira futzalchi kiritiladi. Rasmiy shaxslar orasida jamoa shifokorining bo‘lishi majburiydir. Zaxira o‘rindig‘iga uchrashuv qaydnomasida bo‘lmagan shaxslar qo‘yilmaydi;

Jamoa bir kun davomida bittadan ortiq o‘yinda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

Futzalchilar faqat futzal o‘yinlari uchun ruxsat etilgan sport oyoq kiyimida, oyoqning oldingi qismini himoyalovchi (shitka) moslamada bo‘lishi shart;

Jamoalar mezbon va mehmon kiyimlari to‘plamiga ega bo‘lishi shart. Maydondagi jamoalar kiyimlarining rangi bir xil bo‘lgan taqdirda taqvim bo‘yicha nominal mehmon jamoa kiyimini almashtiradi. Jamoalar kiyimlarida raqamlari ko‘rsatiladi.

Turnirdagi musobaqani tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar, hakamlar, operator va uchrashuv rasmiylarining xizmat haqlari O‘FF hisobidan qoplanadi.

Musobaqada ishtirok etuvchi jamoalarning xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlar (kelishi-ketishi, ovqatlanishi va yashashi) safarga yuboruvchi tashkilot tomonidan to‘lanadi;

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting