locale OZ

O‘FF Prezidenti kubogi musobaqasi 13-tur bahslari shanba kuni bo’lib o’tadi

Shuningdek, jamoalar liboslarida kamchiliklar kuzatilyapti.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘FF Prezidenti kubogi musobaqasi 13-tur bahslari shanba kuni bo’lib o’tadi
Фото: Ўзбекистон футзали

Havaskor jamoalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “O‘FF Prezidenti kubogi” musobaqasining navbatdagi 13-tur bahslari aprel oyining birinchi shanbasi – 2026-yilning 4-aprel sanasida bo’lib o’tadi. Uchrashuvlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida ertalab soat 08:00 dan boshlanadi.

Shu o’rinda futzal sport turini yanada ommaviylashtirish, havaskor futzalchilarning mahorat darajasini oshirish hamda professional sportga kirib kelishlari uchun zamin yaratish maqsadida tashkil etilgan “O‘FF Prezidenti kubogi” musobaqasi ishtirokchilari diqqatiga e`lonimiz bor.

Musobaqa a’zolik badallarisiz haftaning dam olish kunlari o‘tkazilishiga qaramasdan, jamoalar tomonidan reglament talablarini buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilmoqda.

Jumladan, 28-mart kuni o‘tkazilgan 12-tur uchrashuvlariga “IMV”, “Istiqlol” va “Bojxona” jamoalari reglamentning 6.4-bandiga zid ravishda 10 kishi bo‘lib yetib kelgan.

Shuningdek, jamoalar liboslarida kamchiliklar kuzatilyapti. Qaydnomaga kiritilmagan begona shaxslarning zaxira o‘rindig‘ida paydo bo’lishi holatlari uchrayapti.

“O’FF Prezidenti kubogi” musobaqasining navbatdagi turidan e`tiboran barcha jamoalar quyidagilarga qat`iy rioya etishlari talab etiladi:

“O‘FF Prezidenti kubogi” musobaqasi uchrashuvlariga Reglament talablari muvofiq 12 nafar futzalchidan kam bo‘lmagan xolda uchrashuv o‘tkazilishidan 20 daqiqa avval yetib kelish;
zaxira o‘rindiqlarida qat’iy ravishda faqat talabnomada ko‘rsatilgan jamoa vakillari va sportchilarning joylashishini ta’minlash.

Yuqoridagi talablar bajarmagan jamoalarga musobaqadan chetlatishgacha bo‘lgan jazo choralari qo‘llaniladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting