locale OZ

Odilxon va Erkebulan o‘rtasidagi mojaro shou emas — liga menejeri javob berdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Octagon League’ning o‘zbekistonlik menejeri Parviz Abdumavlonov pop-MMA jangchilari Odilxon Kamolov va Erkebulan To‘ktar o‘rtasidagi so‘nggi nizoga o‘z munosabatini bildirdi. Ko‘plab muxlislar bu galgi to‘qnashuvni ularning ehtimoliy uchinchi jangi oldidan tashkil etilgan piar kampaniya sifatida baholadi. Ammo menejer bu fikrni rad etdi:

“Bu hech qanday shou emas. Ular orasidagi har bir tortishuv haqiqiy bo‘lgan. Shuncha xafagarchiliklar, murojaatlar, hatto jang darajasidagi vaziyatlar — bularning barchasi real holatlar. Oddiy piar uchun bunday qilmaydi odam. Uchinchi jang ular uchun zarur deb hisoblayman. Agar kelishuvlarga erishilsa, trilogiya O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi”, — dedi Parviz Fightback dasturida.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Olma-Otadagi matbuot anjumani paytida Erkebulan To‘ktar Odilxon Kamolov bilan mojaroga kirishib, uni urgandi. Shu voqeadan so‘ng Octagon League ikki jangchini uch oyga diskvalifikatsiya qilgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting