locale OZ

Odilxon Kamolov Octagon League’dan ketganidan so‘ng rossiyalik Open FC ligasida faoliyatini davom ettiradi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Odilxon Kamolov Octagon League’dan ketganidan so‘ng rossiyalik Open FC ligasida faoliyatini davom ettiradi
Odilxon Kamolov Octagon League’dan ketganidan so‘ng rossiyalik Open FC ligasida faoliyatini davom ettiradi

O‘zbekistonlik aralash jang san’ati jangchisi Odilxon Kamolov faoliyatini Rossiyaning Open FC ligasida davom ettiradi. Bu haqda tashkilotning rasmiy Instagram sahifasida ma’lum qilindi.

Avvalroq Kamolov Qozog‘istondagi Alash Pride tashkiloti bilan shartnoma imzolashni rejalashtirgan edi, biroq kelishuv amalga oshmadi. Bu Octagon League uni jarima sifatida yarim yilga janglardan chetlatgandan so‘ng ma’lum bo‘ldi.

Shunday qilib, Kamolov Octagon’dan ketganidan so‘ng ikkinchi liga bilan shartnoma tuzmoqda va endi uning navbatdagi rasmiy janglari Open FC ligasida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Odilxon o‘tgan yil dekabrida Toshkentdagi so‘nggi jangida Jasur “Tayson” laqabli jangchiga qarshi g‘alaba qozongan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting