Odilxon Kamolov Alash Pride turnirida jang qiladi
O‘zbekistonlik pop-MMA jangchisi 25 iyul kuni oktagonga chiqadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
O‘zbekistonlik pop-MMA vakili Odilxon Kamolovning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma'lum bo‘ldi. Hamyurtimiz 25 iyul kuni Qozog‘istonning Shymkent shahrida o‘tkaziladigan Alash Pride FC 110 turniri doirasida oktagonga ko‘tariladi. Unga raqib sifatida tojikistonlik Muhammadrizvon Qahhorov belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Kamolov avval Octagon League jangchisi sifatida faoliyat yuritgan. Biroq bahorda Liga tomonidan 6 oyga diskvalifikatsiya qilingan va shu muddat davomida boshqa musobaqalarda ishtirok etishi taqiqlangan edi.
Kamolovning umumiy faoliyatidagi natijalari: 10 jang — 6 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat. Qarshisida turgan Qahhorov esa hozircha 3 g‘alaba va 5 mag‘lubiyat bilan qayd etilgan.
Bakradze Iman
Redaktor