locale OZ

Octagon League 2025 yilda Oʻzbekistonda beshta turnir oʻtkazishni rejalashtirmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Octagon League 2025 yilda Oʻzbekistonda beshta turnir oʻtkazishni rejalashtirmoqda
Rasm: gettyimages.com

MMA boʻyicha Qozogʻistonning Octagon League promosheni joriy yilda Oʻzbekistondagi musobaqalar sonini oshirishni moʻljallagan. Bu haqda tashkilotning mamlakatimizdagi rasmiy vakili Parviz Abdumavlonov Fightback YouTube koʻrsatuvida maʼlum qildi.

— 2025 yil davomida Oʻzbekistonda beshta turnir oʻtkazish rejalashtirilgan. Octagon 72 — shu yildagi birinchi bosqich. Qolgan toʻrtta musobaqaning ikkitasi Toshkentda, ikkitasi esa viloyatlarda tashkil etiladi. Yozda Samarqandda, agar hammasi muvaffaqiyatli kechsa, kuzda Andijonda turnir oʻtkazilishi kutilmoqda, — dedi Abdumavlonov.

Octagon League’ning bu yilgi dastlabki musobaqasi 11 may kuni Toshkentda boʻlib oʻtadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting