locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Octagon 75: Azamat Nuftillaev chempion, “Saturn” raqibini o‘zgartirdi, Toshkent turniridan barcha natijalar

“Humo Arena”dagi bellashuvlarda o‘zbekistonlik jangchilar bir qator yorqin g‘alabalarga erishishdi
Boshqa sport turlari 07 iyl 2025 da 01:55
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: Gazeta.uz

Toshkent shahrida joylashgan “Humo Arena”da OCTAGON 75 turniri bo‘lib o‘tdi. Bellashuvda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Turkiyadan jangchilar ishtirok etdi. Turnirda og‘ir vazn toifasida Azamat Nuftillaev vaqtinchalik chempionlik kamariga ega chiqdi, shuningdek, “Saturn” taxallusi bilan tanilgan Og‘abek Abdumuminov so‘nggi lahzada raqibini yangilab, g‘alabaga erishdi.

Quyida musobaqa natijalari bilan tanishing:

Prelim kard natijalari:
• Orifjon Rajabov vs Hayitbek Hasanov – Hasanov, 1-raund, texnik nokaut
• Samandar Sotiboldiyev vs Asilbek Salihov – Sotiboldiyev, 1-raund, og‘ritish usuli
• Hurmatbek Jumanazarov vs Ruslan Shanosov – Jumanazarov, ochkolar
• Ismatbek Mashrapov vs Nursultan Ospan – Ospan, 1-raund, bo‘g‘ish usuli
• Abbos Haydarov vs Arzimat Kamashov – Haydarov, 2-raund, sabmishn
• Asadullo Rasulov vs Ozjan Ishigov – Rasulov, 1-raund, texnik nokaut
• Jamoliddin Rahmonjonov vs Nurlanbek Abdikodirov – Rahmonjonov, 1-raund, texnik nokaut
• Husan O‘rakov vs Algampacha Vagabov – O‘rakov, 2-raund, texnik nokaut

Asosiy kard natijalari:
• Dildorbek Nurmatov vs Qaysar Jaugashar – Jaugashar, 1-raund, texnik nokaut
• Jasur Mirzamuhammedov vs Alan Mahitov – Mahitov, ochkolar
• Abdumalik Yorbutaev vs Tazabek Bayanov – Bayanov, 2-raund, texnik nokaut
• Mavlonbek Mirkomilov vs Kamal Guseynov – Guseynov, 1-raund, nokaut
• Saidotaxon Nuriddinov vs Altinbek Ashimbekov – Nuriddinov, 2-raund, texnik nokaut
• Og‘abek “Saturn” Abdumuminov vs Jasurbek Shodiev – Saturn, 1-raund, bo‘g‘ish usuli
(Abdumuminov aslida Bekzod Abdipattaevga qarshi jang qilishi kerak edi. Ammo raqib jarohati sababli jangga Jasurbek Shodiev tushdi.)
• Azamat Nuftillaev vs Daniyal Elbaev – Nuftillaev, 1-raund, bo‘g‘ish usuli
(Nuftillaev shu tariqa og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamariga ega bo‘ldi.)

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting