locale OZ

Octagon 73: “Uzbek Tayson” ilk g'alabasini qo'lga kiritdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Octagon 73: “Uzbek Tayson” ilk g'alabasini qo'lga kiritdi
FОТО: Olamsportcom

Ayni daqiqalarda Qozog'istonning Olma-ota shahrida “Octagon 73” turniri bo'lib o'tmoqda.

Ushbu musobaqa doirasida “Tayson” nomi bilan tanilgan o'zbekistonlik MMA jangchisi Jasurbek Jo'rayev o'z ishtirokini yakunladi.

Qirg'izistonlik Nurdinbek Zohriddin uuluga qarshi oktagonga ko'tarilgan vakilimiz to'liq 3 raund davom etgan jangda ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi.

Ma'lumot uchun, bu to'qnashuv “Tayson”ning professional MMA'dagi ikkinchi janggi edi. Birinchi jangda Jasurbek Odilxon Kamolovga qarshi oktagonga chiqib, 1-raunddayoq mag'lub bo'lgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting