locale OZ

Octagon 72 turniri asosiy janglaridan biri bekor qilindi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Octagon 72 turniri asosiy janglaridan biri bekor qilindi
Rasm: olamsport.uz

11 may kuni Toshkentdagi “Humo Arena”da bo‘lib o‘tadigan Octagon 72 musobaqasi muhim janglardan birisiz qoladigan bo‘ldi. Bunga o‘zbekistonlik mashhur MMA jangchisi Muhiddin Mamajonovning jarohati sabab bo‘ldi.

Mamajonov Qozog‘iston vakili Sayat Abdualiga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Biroq sportchi mashg‘ulot vaqtida qo‘lini sindirib olgani sababli jangda qatnasha olmaydi.

— Bu jangni o‘zim ham intiqlik bilan kutgan edim. Afsuski, barchasi reja bo‘yicha ketmadi. Insholloh, sog‘ayib, tez orada maydonga qaytaman, — dedi Mamajonov.

Mamajonov o‘rnini Sanjar Erkinov egallaydi. Endi aynan u Sayat Abdualiga qarshi jang qiladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting