Octagon 72: Amirxon Alixo‘jaevning raqibi ma'lum bo‘ldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Octagon 72: Amirxon Alixo‘jaevning raqibi ma'lum bo‘ldi
11 may kuni Toshkentdagi “Humo Arena” sport majmuasida Octagon 72 aralash jang san'ati turniri bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar tomonidan e'lon qilingan ro‘yxatda yengil vazn toifasida beshinchi o‘rinni egallab turgan o‘zbekistonlik Amirxon Alixo‘jaev ham bor. Uning raqibi — Braziliya vakili Manuel dos Santos.
Bu to‘qnashuv turnirdagi asosiy janglardan biri bo‘ladi. Kechaning markaziy bahsi esa O‘zbekiston chempioni Doston Bozorov va Tojikiston sportchisi Fazliddin Madrahimov o‘rtasidagi titul uchun jang bo‘ladi.
Jangchilarning natijalari:
— Amirxon Alixo‘jaev: 16 jang, 11 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat
— Manuel dos Santos: 18 jang, 12 g‘alaba, 6 mag‘lubiyat
Bakradze Iman
Redaktor