locale OZ

Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo‘ldi

O‘zbek fayteri UFC 319 turnirida amerikalik Bryan Battlega qarshi jang qiladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

UFC rasmiy tarzda o‘zbekistonlik aralash jang san’ati ustasi Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi qachon va kimga qarshi bo‘lishini e’lon qildi. Hujumkor uslubi bilan tanilgan Ro‘ziboyev 17 avgust kuni AQShning Chikago shahrida bo‘lib o‘tadigan UFC 319 turniri doirasida oktagonga ko‘tariladi. Uning raqibi — amerikalik jangchi, The Ultimate Fighter 29 shousining g‘olibi Bryan Battle bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, Andijonda tug‘ilgan Ro‘ziboyev professional faoliyati davomida 47 ta jang o‘tkazgan. U 36 ta g‘alabaga erishgan, 9 marta mag‘lub bo‘lgan va 2 jang durang bilan yakunlangan. Bryan Battle esa 12 ta g‘alaba va 2 mag‘lubiyatga ega. U so‘nggi to‘rtta jangining barchasida zafar quchgan.

Turnirning markaziy jangi o‘rta vazn chempioni Dricus Du Plessis hamda da’vogar Xamzat Chimaev o‘rtasida o‘tishi kutilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting